Ispaniya chempionatining 25-turida "Barselona" o'z maydonida autsayderlardan biri "Levante"ni qabul qiladi.
Toshkent vaqti bilan soat 20:15da boshlanadigan va Zo'rTV telekanali orqali efirga uzatiladigan bellashuv uchun tarkiblar e'lon qilindi. Mezbonlar yarimhimoyachisi Pedri jarohatdan tiklandi — u zaxiradan maydonga tushishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Kataloniya klubi 58 ochko bilan 2-o'rinni egallab turibdi va bugun g'alaba qozonsa, "Real"ni (60) ortda qoldirib peshqadamga aylanadi. "Levante" esa 18 ochko bilan 19-pog'onada.
La Liga. 25-tur
Barselona — Levante
22 fevral, "Kamp Nou"
Barselona — J.Garsiya, Kunde, E.Garsiya, Martin, Kanselu, de Yong, Bernal, Olmo, Yamal, Rafinya, Levandovski.
Levante — Rayan, Tolyan, Dela, Matturro, Sanches, Rey, Olasagasti, V.Garsiya, Alvares, Tunde, Romero.