Ispaniya chempionatining 25-turida "Barselona" o'z maydonida autsayderlardan biri "Levante"ga javobsiz 3 ta gol urdi.
Mezbonlarning asosiy yarimhimoyachisi Pedri jarohatdan tiklandi va zaxiradan maydonga tushdi.
Kataloniya klubi ochkolarini 61 taga yetkazib, "Real"ni (60) ortda qoldirgan holda peshqadamlikka qaytdi. "Levante" esa 18 ochko bilan 19-pog'onada qoldi.
La Liga. 25-tur
Barselona — Levante 3:0
22 fevral, "Kamp Nou"
Gollar: Bernal (4), de Yong (32), Fermin (81).
Barselona — J.Garsiya, Kunde, E.Garsiya, Martin (Arauxo, 88), Kanselu, de Jong, Bernal (Pedri, 66), Olmo (Fermin, 66), Yamal (Bardakchi, 88), Rafinya, Levandovski (Torres, 66).
Levante — Rayan, Tolyan (Peres, 89), Dela, Matturro, Sanches, Rey, Olasagasti, V.Garsiya (Kortes, 46), Alvares (Losada, 84), Tunde (Abed, 70), Romero (Eyong, 70).
Ogohlantirishlar: Tunde (20), Martin (45+3), Bernal (59).