Bugun
17
O'zbek

Bundesligada sensatsiya. «Bavariya» mavsumda ilk bor yutqazdi, Vaskes «Bayer»ga gʻalaba keltirdi (videosharh)

Futbol
24 yanvar, 11:30
Myunxen klubi kutilmaganda oʻz uyida «Augsburg»ga magʻlub boʻldi.
Bundesligada sensatsiya. «Bavariya» mavsumda ilk bor yutqazdi, Vaskes «Bayer»ga gʻalaba keltirdi (videosharh)
Foto: Getty Images
24.01.2026 FT Bundesliga Germaniya Bavariya Bavariya 1 : 2 Augsburg Augsburg

Germaniya chempionatining 19-turida peshqadam «Bavariya» (50) oʻz maydonida «Augsburg»ni (19, 13-oʻrin) qabul qilib, mavsumdagi ilk magʻlubiyatini qabul qilib oldi. Shu tariqa top-5 ligada yutqazmagan jamoa qolmadi.

Shuningdek, tur doirasida Lukas Vaskes debut goli bilan «Bayer»ga (32, 6-oʻrin) gʻalaba keltirdi, «Leypsig» (35, 4-oʻrin) yirik hisobda zafar quchdi, «Hoffenhaym» (36) «Ayntraxt» (27, 7-oʻrin) bilan bahsda kamback amalga oshirdi va 3-oʻringa koʻtarilib oldi.

Bundesliga. 19-tur. 24 yanvar
Bavariya — Augsburg 1:2
Gollar: Ito (23) — Chaves (75), Massango (81).
Bavariya — Urbig, Kim (Chavez, 86), Ta, Ito (Bishof, 79), Devis (Kimmix, 61), Pavlovich, Goretzka (Jekson, 79), Karl (Musiala, 61), Olise, Dias, Keyn.
Augsburg — Damen, Chaves (Volf, 86), Kade (Essende, 63), Moris, Masango, Rejbeshay (Keytel, 75), Rider (Komur, 75), Fellhauer, Seziger, Shlotterbek, Yannuolis.

Bayer — Verder 1:0
Gol: Vaskes (57).

Haydenhaym — Leypsig 0:3
Gollar: Baku (62), Nusa (68), Raum (70).

Ayntraxt — Hoffenhaym 1:3
Gollar: Kalimuendo (18) — Moershtedt (52), Qoboq (60), Amanda (65, avtogol).

Mayns — Volfsburg 3:1
Gollar: Tits (68), Bell (73), Amiri (83, penalti) — Amura (3).
Foydalanilmagan penalti: Tits (22).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Augsburg Augsburg
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar