Bugun
15
O'zbek

Yamal — mavsum futbolchisi, «Real» klubi esa eng past baholandi: ESPN La Liga yakunlarini e’lon qildi

Futbol
27 may, 01:53
Lamin Yamal yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Yamal — mavsum futbolchisi, «Real» klubi esa eng past baholandi: ESPN La Liga yakunlarini e’lon qildi
Foto: Getty Images

ESPN nashri Ispaniya chempionatining yakunlangan mavsumi bo‘yicha o‘z talqinidagi asosiy nominatsiyalar g‘oliblarini e’lon qildi.

Manbaga ko‘ra, mavsumning eng yaxshi futbolchisi sifatida «Barselona» vingeri Lamin Yamal tan olingan.

Shuningdek, yilning eng yaxshi transferi ham kataloniyaliklarga tegishli bo‘ldi. Joan Garsiyaning transferi mavsumning eng muvaffaqiyatli xaridi deb baholandi.

Yilning eng yaxshi murabbiyi sovrini «Rayo Valyekano» ustozi Inyigo Peresga nasib etdi.

Eng katta progress qayd etgan futbolchi sifatida esa «Vilyarreal» yarimhimoyachisi Alberto Moleyro e’tirof etildi.

Bundan tashqari, ESPN klublarning mavsumdagi chiqishlariga ham baho berdi.

Qayd etilishicha, eng yuqori bahoni «Barselona» va «Rayo Valyekano» olgan. Eng past baho esa «Real Oviyedo» hamda Madridning «Real» klubiga qo‘yilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Barselona Barselona
  • Rayo Vallecano Rayo Vallecano
  • Real Oviedo Real Oviedo
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar