Bugun
1
O'zbek

Xurshid Muxtorov legionerga aylandi

Futbol
18 iyul, 23:16
U Indoneziya chempionatida to‘p suradi.
Xurshid Muxtorov legionerga aylandi
Фото: Нефтчи ПФК

O‘zbekistonlik himoyachi Xurshid Muxtorov faoliyatini Indoneziya chempionatida davom ettiradi.

31 yoshli futbolchi "Persik Kediri" klubi bilan kelishuvga erishdi.

Tajribali futbolchi kuni kecha yangi jamoasiga qo‘shilish maqsadida Indoneziyaga uchib ketdi.

Muxtorov birinchi davrani Qozog‘istonning "Turan" klubida o‘tkazib, Premyer-liga doirasida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Futbolchi faoliyati davomida "Qo‘qon-1912", "So‘g‘diyona", "Lokomotiv", OKMK, "Nasaf", "Navbahor", "Turan" va "Neftchi" jamoalarida to‘p surgan.

Avvalroq Javlon Guseynov Indoneziya klubi bilan shartnomasini uzaytirgandi.

Bugungi yangiliklar