Bugun
30
O'zbek

Javlon Guseynov Indoneziya klubi bilan shartnomasini uzaytirdi

Futbol
5 iyul, 02:45
O‘zbekistonlik himoyachi 2019 yildan beri Indoneziya chempionatida o‘ynaydi.
Javlon Guseynov Indoneziya klubi bilan shartnomasini uzaytirdi
Foto: Persita

O‘zbekistonlik tajribali himoyachi Javlon Guseynov Indoneziyadagi faoliyatini davom ettiradi.

"Neftchi", "Andijon", OKMK va "So‘g‘diyona" jamoalarida o‘ynagan 34 yoshli futbolchi "Persita" bilan shartnomasini uzaytirdi.

Guseynov 2023 yildan beri Tangerang shahri jamoasida to‘p surmoqda. Umuman olganda esa, 2019 yildan beri Indoneziya chempionatida maydonga chiqib kelmoqda.

Himoyachi o‘tgan mavsumda Indoneziya yuqori divizionida 29 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 6 bor sariq kartochka olgan.

Avvalroq «Shoʼrtan» sardori Sirojiddin Qo‘ziev faoliyatini Hindistonda davom ettirishi xabar qilingandi.

Bugungi yangiliklar