"Buxoro" klubi serbiyalik himoyachi transferini e'lon qildi.
"Buxoro" professional futbol klubi o'z safiga yangi futbolchi serbiyalik — Velko Filipovichni qo'shib oldi.
1999 yil 11 oktyabrda tug'ilgan futbolchi professional faoliyati davomida Serbiya va Tailand chempionatlarida bir qator klublar safida to'p tepgan.
Faoliyati davomida u quyidagi klublar sharafini himoya qilgan:
"Yavor Ivanitsa" (Serbiya)
"Borats" (Serbiya)
"Ayutthaya Yunayted" (Tailand)
"Pathum Yunayted" (Tailand)
"Chiangmai" (Tailand)
"Chiangrai Yunayted" (Tailand)
"Nakhon Pathom" (Tailand)
"Rayong" (Tailand)
U baland bo'yi, jismoniy kuchi va himoyadagi ishonchli o'yini bilan ajralib turadi, — deb yozadi klub matbuot xizmati.
Avvalroq "Buxoro" Sherzod Esanov transferini e'lon qilgandi.