Uels futbol assotsiatsiyasi FIFA a'zolari orasida birinchi bo‘lib Janni Infantinoning navbatdagi prezidentlik saylovidagi nomzodini qo‘llab-quvvatlash haqidagi xatini qaytarib oldi.
«Uels Futbol assotsiatsiyasi shu bilan 2027-2031 yillar davri uchun FIFA prezidenti lavozimiga Janni Infantinoni qayta saylashni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechganini tasdiqlaydi.
So‘nggi paytlarda boshqaruv, qaror qabul qilish jarayonlari, yetakchilik, qadriyatlar, manfaatdor tomonlar bilan munosabatlar, kommunikatsiya va xolis yondashuv bo‘yicha jiddiy kamchiliklar tufayli Uels futbol assotsiatsiyasi Infantinoga bo‘lgan ishonchini yo‘qotdi. Biz uning jahon futboli rahbari sifatida faoliyatini davom ettirishini qabul qila olmaymiz. Futbol manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘ymaslik — biz murosa qila olmaydigan jihatdir», — deyiladi assotsiatsiya bayonotida.
Jurnalist Rob Xarrisning ma'lumotiga ko‘ra, Angliya futbol assotsiatsiyasi ham Infantinoni qo‘llab-quvvatlash haqidagi maktubini qaytarib olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Avvalroq FIFA'ning amaldagi prezidentini Germaniya, Ruminiya va Norvegiyadan tashqari UEFA'ga a'zo mamlakatlarning barchasi qo‘llab-quvvatlagani ma'lum bo‘lgandi. Biroq endi Yevropa futbol assotsiatsiyalari ushbu qo‘llab-quvvatlov xatlarini ommaviy ravishda qaytarib olish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Uels FA Infantinoni keyingi saylovda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xatini qaytarib oldi
Futbol
3 avgust, 07:15
Uels FIFA prezidentiga ishonchsizligini amalda ko‘rsatgan birinchi mamlakat bo‘ldi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi