Live
3
O'zbek

Turkiya milliy jamoasi yangi bosh murabbiy bilan shartnoma imzolash arafasida

Futbol
19 oktabr, 22:30
    6
Tomonlar 2030-yilgi jahon chempionatiga qadar amal qiladigan bitimni imzolashi kutilmoqda.
Turkiya milliy jamoasi yangi bosh murabbiy bilan shartnoma imzolash arafasida
Foto: Getty Images

Turkiyalik mutaxassis Sergen Yalchin mamlakat milliy jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.

Tomonlar 2030-yilgi jahon chempionatiga qadar amal qiladigan shartnomani imzolashga yaqin. Qayd etish lozim, Yalchinning so‘nggi jamoasi «Beshiktosh» bo‘lgan. Ushbu klub bilan mutaxassis bir martadan Turkiya chempioni va mamlakat kubogi sohibi bo‘lgan.

Faoliyati davomida Yalchin «Antalyaspor», «Malatyaspor», «Alanyaspor», «Konyaspor», «Eskişehirspor», «Kayserispor», «Gaziantepspor» va «Sivasspor»da ham ishlagan.

Avvalroq Skira Turkiya milliy jamoasini Arda Turon boshqarishi haqida xabar bergan, ammo keyinchalik bu ma’lumotni o‘chirib tashlagandi.

Ma’lumot o‘rnida, Turkiya milliy jamoasining avvalgi bosh murabbiyi Vinchenso Montella edi. Natijalar qoniqarsiz bo‘lgani sababli federatsiya u bilan hamkorlikni to‘xtatgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Turkiya Turkiya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

6 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar