Live
10
O'zbek

Arda Turon Turkiya milliy jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin

Futbol
9 oktabr, 23:00
    11
U bir vaqtning o‘zida ham klubda, ham milliy jamoada faoliyatini davom ettiradi.
Arda Turon Turkiya milliy jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin
Foto: Getty Images

Turkiya futbol federatsiyasi hozirda «Shaxtyor»ni boshqarayotgan Arda Turonni milliy jamoa bosh murabbiyi etib tayinlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Turonning ushbu lavozimga tayinlanish ehtimoli yuqori. NTV Spor ma’lumotiga ko‘ra, u bir vaqtning o‘zida ham klubda, ham milliy jamoada ishlashi mumkin. Bu holda Turon «Shaxtyor» bosh murabbiyi sifatidagi faoliyatini ham davom ettiradi.

Ma’lumot o‘rnida, Turon «Shaxtyor»ni 2025-yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida klub o‘tgan mavsum Ukraina chempioni bo‘ldi.

Ardaning o‘zi esa Turkiya milliy jamoasida 100 ta o‘yin o‘tkazib, 16 ta gol urgan va 25 ta assist qayd etgan. Shuningdek, u jamoa sardori ham bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 9-oktabr kuni Turkiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Vinsentso Montella rasman iste’foga chiqarildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Turkiya Turkiya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

11 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar