Superliga va Pro liga klublariga soliq imtiyozlari berildi. Bu haqda Prezident qarorida ma'lum qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va sohaga tadbirkorlik sub'ektlarini jalb qilishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida qayd etilishicha, 2026 yilning aprel oyidan boshlab futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati Superliga va Pro liga turnirlarida ishtirok etayotgan klublar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilindi. Shu bilan birga bu klublar uchun ijtimoiy soliq stavkasi bir foiz miqdorida belgilandi.
Avvalroq, Superliga klublari 2026 yildan boshlab davlat byudjetidan bir xil – 35 milliard so‘mdan olishi haqida xabar berilgandi. 2027 yilda bu mablag‘ 30 milliard so‘mga, 2028 yilda esa 25 milliard so‘mga tushiriladi.