Bugun
8
O'zbek

Shipilov "Qo'qon-1912"ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Futbol
11 dekabr, 07:00
Mutaxassis "Paxtakor", "Metallurg" va "Dinamo" kabi jamoalarda faoliyat olib borgan.
Shipilov "Qo'qon-1912"ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Foto: Kokand-1912 FC

Andrey Shipilov "Qo'qon-1912"ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Yangi mavsumga o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan "Qo'qon-1912" jamoasi 2026 yilgi mavsum oldidan yangi murabbiy bilan kelishuvga erishdi. "Paxtakor", "Metallurg" va "Dinamo" kabi jamoalarda muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan mutaxassis Andrey Shipilov yangi mavsumda "Qo'qon-1912" jamoasiga bosh murabbiylik qiladi.

Mutaxassis "Paxtakor" jamoasi bilan birgalikda uzoq yillar davomida ishlagan va "sherlar" safida bir necha bor O'zbekiston chempioni va kubok sohibiga aylangan. Shuningdek, o'sha vaqtlarda Superliganing o'rtamiyona jamoasi hisoblanmish "Metallurg" bilan 2018-2019 yillarda chempionatda 5-o'rinni egallagan. Bu bekobodliklar tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.

Andrey Sergeyevichga yangi mavsumda ulkan zafarlar tilaymiz va bosh murabbiyimiz boshchiligida oldimizga qo'yilgan vazifani bajarishimizga ishonamiz», — deyiladi xabarda.

Avvalroq "Qo'qon-1912" Isaqov, Yoqubov va Toshtemirov bilan shartnomani uzaytirgani ma'lum qilingandi.

Bugungi yangiliklar