Yangi mavsumda o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan «Qo'qon-1912» jamoasi uch nafar o'yinchisi bilan shartnomani uzaytirdi.
Klub matbuot xizmati xabar berishicha, darvozabon Azizxon Isaqov, himoyachilar Jasur Yoqubov va Asliddin Toshtemirov bilan bitim tuzilgan. Kelishuv 2 yilga mo'ljallangan.
Yakunlangan mavsumda qo'qonliklar Superligada 12-o'rinni egalladi. Ligada qolish uchun pley-off bahsida «Xorazm»ga qarshi maydonga tushadi.
Avvalroq «So'g'diyona» Jo'raboev, Qobilov va Izzatov bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qilgandi.