Live
1
O'zbek

«So'g'diyona» Jo'raboyev, Qobilov va Izzatov bilan shartnomani uzaytirdi

Futbol
2 dekabr, 12:15
Jizzax klubi yakunlangan mavsumda Superligada 8-o'rinni egalladi.
«So'g'diyona» Jo'raboyev, Qobilov va Izzatov bilan shartnomani uzaytirdi
Фото: Сўғдиёна ПФК

Jizzaxning «So'g'diyona» klubi uch nafar o'yinchisi bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qildi.

Klub matbuot xizmati xabar berishicha, himoyachilar Zoyir Jo'raboyev, Islom Qobilov va yarim himoyachi Suhrob Izzatov bilan o'rtadagi shartnoma muddati 2026-yilning so'ngiga qadar uzaytirilgan.

«Futbolchilarga kelasi mavsum jamoamiz safida omad va zafarlar tilab qolamiz», — deyiladi «So'g'diyona» matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Ma'lumot uchun, «So'g'diyona» yakunlangan mavsumda Superligada 8-o'rinni egalladi.

Bugungi yangiliklar