Bugun
2
O'zbek

Roberto Badjo: «Hali ham JCH-1994 finalidagi penaltidan keyin o‘zimni kechira olmayman»

Futbol
13 may, 03:41
Italiya afsonasi Braziliyaga qarshi finalni esga oldi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Roberto Badjo: «Hali ham JCH-1994 finalidagi penaltidan keyin o‘zimni kechira olmayman»
Foto: Getty Images

Italiya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Roberto Badjo 1994 yilgi Jahon chempionati finalida Braziliyaga qarshi penaltilar seriyasida yo‘llagan xatosi haqida gapirdi.

«Hatto bugun ham o‘zimni to‘liq kechira olmayman. Bilaman, bu g‘alati tuyulishi mumkin, axir futbol xatolar ustiga qurilgan. Ammo bunday lahzalar menga juda katta bosim qiladi.

Boshimni egib turgan holatim Jahon chempionati finali bilan bog‘liq obrazga aylangan. Bu qandaydir poza emasdi, shunchaki o‘sha paytdagi hissiyotim edi. Balki Italiya va barcha insonlardan sukut bilan uzr so‘rash usuli bo‘lgandir.

Bolaligimda Braziliyaga qarshi Jahon chempionati finalida o‘ynashni orzu qilardim. Bu eski orzu edi. Hali ham o‘sha vaziyatda nima bo‘lganini tushuntirish qiyin.

Braziliyaliklar ularga osmon yordam berganiga ishonadi. O‘sha voqeadan biroz oldin Ayrton Senna vafot etgandi. Bilaman, Braziliyada ayrimlar buni ham qandaydir ishora deb hisoblaydi.

Aytishlaricha, Senna to‘pni darvoza ustidan oshirib yuborgan emish. Bunday gaplar — sirli va har kimning o‘z qarashiga bog‘liq masala», — dedi Badjo Goal nashriga.

Eslatib o‘tamiz, 1994 yilgi Jahon chempionati finalida Italiya va Braziliya asosiy hamda qo‘shimcha bo‘limlarda gol ura olmagandi. Penaltilar seriyasida esa Badjoning hal qiluvchi zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketgan va Braziliya chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Italiya Italiya
  • Braziliya Braziliya
  • Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati
Bugungi yangiliklar