Live
6
O'zbek

Ramos "Milan"ga o'tishi mumkin

Futbol
1 dekabr, 21:30
39 yoshli himoyachi qishda Yevropaga qaytib, 2026 yildagi JChga borishni maqsad qilgan.
Ramos "Milan"ga o'tishi mumkin
Foto: Getty Images

"Monterrey" himoyachisi Serxio Ramos faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Milan News xabar bermoqda.

Ispaniyalik futbolchi Meksika klubini 2025 yil oxirida tark etadi, ammo u faoliyatini yakunlamoqchi emas. Ramosning maqsadi — 2026 yildagi Jahon chempionatiga borish.

Manbaga ko'ra, 39 yoshli himoyachining vakillari "rossoneri" bilan ehtimoliy transfer masalasida gaplashgan.

Bu mavsumda Serxio klubi safida 15 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. "Monterrey" Apertura ligasida 31 ochko to'plab, 5-o'rinni egallagan holda turnirning pley-off bosqichiga yo'l oldi. Jamoa chorakfinalda "Amerika" klubidan ustun keldi. Yarimfinaldagi raqib "Toluka" hisoblanadi.

Bungacha himoyachining "Real"ga qaytishi mumkinligi xabar berilgandi.

Bugungi yangiliklar