Bugun
1
O'zbek

Qayumov va Alijonov "Xorazm"ni tark etdi

Futbol
14 iyul, 08:12
Jamoada o'zgarishlar davri boshlandi.
Qayumov va Alijonov "Xorazm"ni tark etdi
Фото: Хоразм ПФК

"Xorazm" jamoasi davralar oralig'ida tarkibni kuchaytirishga kirishgan.

Xususan, jamoani tark etganlar ham yo'q emas.

Birinchi davradan so'ng darvozabon Akobir Qayumov va himoyachi Ilhom Alijonov urganchliklar bilan xayrlashgan.

Qayumov birinchi davrada "Xorazm" safida birorta o'yinda ham maydonga tushgani yo'q. Alijonov esa 5 o'yinda 171 daqiqa harakat qildi.

Eslatib o'tamiz, urganchliklar birinchi davrani 14 ochko bilan 13-o'rinni egalladi.

Avvalroq o'tgan mavsumni Tailandning "Muangthong United" klubida o'tkazgan tajribali himoyachi Abbos Otaxonov "Xorazm"ga o'tishi haqida xabar berilgandi.

Bugungi yangiliklar