Bugun
1
O'zbek

Abbos Otaxonov "Xorazm"ga o'tadi

Futbol
10 iyul, 00:55
Himoyachining Tailand klubi bilan shartnomasi yakunlangan.
Abbos Otaxonov "Xorazm"ga o'tadi
Foto: Getty Images

O‘tgan mavsumni Tailandning "Muangtong Yunayted" klubida o‘tkazgan tajribali himoyachi Abbos Otaxonov ikkinchi davrada Superligada o‘ynaydi.

29 yoshli futbolchi "Xorazm" bilan kelishuvga erishgan. Hakim Fuzaylov davralar oralig‘ida himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida "Paxtakor" tarbiyalanuvchisini jamoaga olib kelishga qaror qilgan.

Ma’lumot uchun, Abbos avvalroq "Xorazm" klubi direktori Ro‘zimboy Ahmedov bilan "Buxoro" safida to‘p surgan. U faoliyati davomida "Navbahor", "Metallurg" va OKMK klublarida ham o‘ynagan.

Himoyachi o‘tgan mavsumda Tailand chempionatida 27 o‘yinda 2 gol va 1 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Jamoasi turnir jadvalida 6-o‘rinni egallagan.

"Xorazm" Superliganing 15-turida "Neftchi"ga yutqazib, birinchi davrani 13-o‘rinda yakunladi.

Bugungi yangiliklar