Bugun
13
O'zbek

«PSJ» 100 million yevrolik transferdan voz kechdi

Futbol
14 iyul, 04:45
Parij klubi Ayub Buaddi uchun kurashga qo'shilmaydi.
«PSJ» 100 million yevrolik transferdan voz kechdi
Foto: Getty Images

«PSJ» «Lill» yarimhimoyachisi Ayub Buaddini sotib olish rejasidan voz kechdi.

Bu haqda jurnalist Devid Ornsteyn xabar berdi.

Manbaga ko'ra, JCH-2026 davomida Marokash terma jamoasi safida yorqin o'yin namoyish etgan 18 yoshli futbolchiga Yevropaning bir qator top-klublari qiziqish bildirmoqda. Biroq Parij klubi ushbu yozda uning transferi uchun kurashga qo'shilmaydi.

Qayd etilishicha, «Lill» yosh iste'dod uchun 100 million yevro talab qilmoqda. UEFA Chempionlar ligasining amaldagi g'olibi bo'lgan «PSJ» esa bunday narxni to'lashni maqsadga muvofiq deb hisoblamayapti.

Hozirda Buaddining transferi uchun asosiy da'vogarlardan biri «Manchester Siti» bo'lib turibdi. Angliya klubi yaqin vaqt ichida futbolchi bo'yicha rasmiy muzokaralarni boshlashi kutilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar