Bugun
30
O'zbek

Mirko Yelichich – “Lokomotiv” bosh murabbiyi

Futbol
9 iyul, 10:28
U klub bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi.
Mirko Yelichich – “Lokomotiv” bosh murabbiyi
Фото: Локомотив ПФК

Toshkentning “Lokomotiv” klubi Mirko Yelichichni bosh murabbiy etib tayinlandi.

Avstraliyalik 60 yoshli mutaxassis va klub o‘rtasida bir yarim yillik shartnoma imzolandi.

Yelichichga Jamshid Saidov, Sadriddin Abdullaev yordam beradi. Darvozabonlar murabbiyi sifatida Alisher Ahmedov “temiryo‘lchilar”da ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Mirko ilgari “Lokomotiv” bilan 3 marotaba O‘zbekiston chempioni bo‘lgan. U 2015-2019 va 2021-2023 yillar oralig‘ida ham “temiryo‘lchilar”da assistent hamda bosh murabbiy vazifalarini bajargan.

Avvalroq “Olimpik” jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlab kelayotgan Mirko Yelichich bilan xayrlashgandi.

Bugungi yangiliklar