Live
6
O'zbek

"Olimpik" bosh murabbiy Mirko Yelichich bilan xayrlashdi

Futbol
4 iyul, 05:57
Avstraliyalik mutaxassis "Lokomotiv" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.
"Olimpik" bosh murabbiy Mirko Yelichich bilan xayrlashdi
Foto: UzPFL

"Olimpik" jamoasi bosh murabbiyi Mirko Yelichich bilan xayrlashdi.

Avstraliyalik 60 yoshli mutaxassis qo‘l ostida jamoa Proligada 10 ta o‘yinda atigi 6 ochko to‘plab, so‘nggi o‘rinni egallab turgandi.

Tribuna.uz ma’lumotlariga ko‘ra, Yelichich Toshkentning boshqa bir klubi "Lokomotiv" bosh murabbiyligiga nomzodlar orasida bor. Mirkoga bu klub begona emas. U 2015-2019 va 2021-2023 yillar oralig‘ida ham "temiryo‘lchilar"da assistent hamda bosh murabbiy vazifalarini bajargan.

Proligada 2-o‘rinda borayotgan "Lokomotiv" avvalroq qoniqarsiz natijalardan so‘ng Grigoriy Kolosovskiy va Samvel Babayanni ishdan bo‘shatgandi.

Bugungi yangiliklar