Bugun
27
O'zbek

«Manchester Siti» Semenyosiz qoldi

Futbol
23 sentabr, 03:00
    6
«Shahrliklar» vingeri Kot-d’Ivuar va Gana bilan bog‘liq milliy jamoa bahslarini sog‘lig‘i sabab o‘tkazib yuboradi.
«Manchester Siti» Semenyosiz qoldi
Foto: Getty Images

3NewsGH xabariga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi to‘pig‘idagi shish sabab Gana milliy jamoasi yig‘inini tark etgan. Shu bois u 2027-yilgi Afrika Millatlar kubogi saralash bosqichidagi yaqin bahslarda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Semenyo ushbu mavsumda «Manchester Siti» safida barcha turnirlar doirasida yettita bahsda maydonga tushdi. U ikkita gol urib, uchta golli uzatmani amalga oshirgan.

Qayd etish joiz, ganalik vinger ushbu bahslarning barchasida asosiy tarkibda maydonga tushgan. U faqat bir marta bellashuv davomida zaxiraga olingan.

Ma’lumot uchun, Gana milliy jamoasi 24-sentyabr kuni 2027-yilgi Afrika Millatlar kubogi saralash bosqichida Kot-d’Ivuarga qarshi bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Gana Gana
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

6 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar