"Lokomotiv" futbolchi Vladimir Kozak bilan xayrlashdi.
Proliganing dastlabki bosqichini muvaffaqiyatsiz o'tkazgan "Lokomotiv"da ham o'zgarishlar ro'y bermoqda. Tribuna.uz manbasiga ko'ra, davralar oralig'ida jamoani 32 yoshli yarim himoyachi Vladimir Kozak tark etdi.
Futbolchi "temiryo'lchilar" safida 2 ta o'yinda maydonga tushdi. Eslatib o'tamiz, Vladimir faoliyati davomida "Paxtakor", OKMK, "Navbahor" va "Dinamo" jamoalarida ham to'p surgan.
Avvalroq avstraliyalik Mirko Yelichich "Lokomotiv" bosh murabbiyi etib tayinlangani ma'lum qilingandi.