Bugun
7
O'zbek

Forlan: «Mamlakatim milliy jamoasini boshqarish — katta sharaf va mas’uliyat»

Futbol
12 avgust, 00:45
Urugvay milliy jamoasining sobiq hujumchisi endi jamoani murabbiy sifatida boshqaradi.
Forlan: «Mamlakatim milliy jamoasini boshqarish — katta sharaf va mas’uliyat»
Foto: Getty Images

Urugvay milliy jamoasining sobiq hujumchisi Diyego Forlan milliy jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Mamlakatimga qaytib, milliy jamoani boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan faxrlanaman va juda minnatdorman. Havorang libosni kiyish har doim mening orzuim bo‘lgan. Endi esa jamoani boshqa maqomda namoyish etish — men uchun katta sharaf va ulkan mas’uliyat.

Kamtarlik, mehnatsevarlik va ishtiyoq bilan birgalikda oldinga intilishda davom etamiz. Bayrog‘imizni imkon qadar baland ko‘tarish uchun bor kuchimizni beramiz», — deb yozdi Forlan X ijtimoiy tarmog‘ida.

Ma’lumot uchun, Diyego Forlan 2002–2014 yillarda Urugvay terma jamoasi safida 112 ta uchrashuvda maydonga tushib, 36 ta gol urgan. U 2010 yilgi Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Shuningdek, Forlan Yevropa chempionatlarining eng yaxshi to‘purari sifatida ikki marta «Oltin butsa» sovrinini qo‘lga kiritgan.

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Forlan bir qator klublarda, jumladan, «Penyarol»da bosh murabbiy sifatida ishlagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Urugvay Urugvay
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar