Bugun
48
O'zbek

Dostonbek Tursunov – 'Lee Man' futbolchisi

Futbol
9 avgust, 01:59
Gonkong klubi o‘zbekistonlik futbolchining transferini e'lon qildi.
Dostonbek Tursunov – 'Lee Man' futbolchisi
Фото: Lee Man

O‘zbekistonlik himoyachi Dostonbek Tursunov faoliyatini Gonkong chempionatida davom ettiradi.

30 yoshli futbolchi 'Lee Man' klubi bilan shartnoma imzoladi. Ushbu klub yangi mavsumga Tailandda tayyorgarlik ko‘rmoqda. Tursunov tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tib, 'Lee Man' bilan mavsum yakuniga qadar bitim tuzdi.

Bunga qadar u birinchi davrani 'Xorazm' klubida o‘tkazib, 13 o‘yinda maydonga tushgandi.

Eslatib o‘tamiz, 'Lee Man' o‘tgan mavsum Gonkong chempionatida mavsumni 2-o‘rinda yakunlagandi.

Avvalroq faoliyatini Eron chempionatida davom ettirishi mumkinligi xabar qilingandi.

Bugungi yangiliklar