Bugun
45
O'zbek

"Dinamo"ning Dubay ikkinchi yig‘inidagi ilk raqibi ma'lum

Futbol
3 fevral, 02:15
Samarqandliklar 9 fevralda Rossiyaning 10 karra chempioni "Zenit"ga qarshi maydonga tushadi.
"Dinamo"ning Dubay ikkinchi yig‘inidagi ilk raqibi ma'lum
Foto: FC Dinamo

"Dinamo"ning Dubay ikkinchi yig‘inidagi ilk raqibi ma'lum. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan "Dinamo" jamoasi 6 fevral kunidan Birlashgan Arab Amirliklarida ikkinchi xorij yig‘iniga kirishadi.

Vadim Abramov bosh murabbiyligidagi "Dinamo" jamoasining Dubay yig‘inidagi dastlabki o‘rtoqlik o‘yini Rossiyaning 10 karra chempioni "Zenit"ga qarshi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 9 fevral kuni Abu-Dabi shahrida o‘tkazilishi belgilangan.

Samarqand jamoasi yanvar oyidagi 1-yig‘inda Abu-Dabida Moskvaning CSKA klubini mag‘lub (4:3) etgach, bu safar Sankt-Peterburg jamoasi bilan o‘yin borasida kelishuvga erishdi. Qayd etish lozim, Vadim Abramov va Sergey Semak shogirdlari so‘nggi 2 yilda ikkinchi bor to‘qnash kelishmoqda.

Avvalgi o‘yin ham 2024 yil Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan edi. Tez orada jamoamizning yig‘in doirasidagi barcha raqiblari haqida ma'lumot beramiz", — deyiladi xabarda.

Bugungi yangiliklar