Bugun
45
O'zbek

O'rtoqlik o'yini. «Dinamo» superkambek evaziga CSKAni mag'lub etdi

Futbol
25 yanvar, 10:06
O'yinda jami 7 ta gol urildi.
O'rtoqlik o'yini. «Dinamo» superkambek evaziga CSKAni mag'lub etdi
Фото: Динамо ПФК

«Dinamo» jamoasi Abu-Dabida Rossiyaning 6 karra chempioni CSKAga qarshi maydonga tushib, ajoyib g'alabaga erishdi.

Vadim Abramov shogirdlari Moskva klubi bilan bahsda milliy jamoaga yo'l olgan Anvarjon Xojimirzayev, Firdavs Abdurahmonov, Jahongir O'rozov va Edem Nemanovsiz to'p surgan bo'lsa-da, CSKAning asosiy tarkibini mag'lub etishga erishdi. Birinchi bo'limda To'xtasinov va Amonovning golidan keyin taym 2:2 hisobida yakunlangan bo'lsa, ikkinchi bo'limda CSKA 3:2 hisobida oldinda borgan bo'lsa-da, Samarqand jamoasi Qodirqulovning goli bilan hisobni 3:3ga aylantirdi, 90+2-daqiqada esa yosh yarimhimoyachi Abdulahad Xoshimov o'zbek klubiga Rossiya jamoasi ustidan g'alaba keltirdi – 4:3.

Xalqaro o'rtoqlik o'yini.
CSKA – Dinamo – 3:4
Gollar: - Nurillo To'xtasinov 13, Azizbek Amonov 35, Sanjar Qodirqulov 82, Abdulahad Xoshimov 90+2
Dinamo — Ravshanbek Yagudin, Ulug'bek Abdullayev, Jaloliddin Jumaboyev, Mauro Brazil, Sanjar Qodirqulov, Dramane Salou, Kingsley Sarfo, Nurillo To'xtasinov, Xislat Xalilov, Jahongir Abdusalomov, Azizbek Amonov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Sarvar Karimov, Til Mavretich, Oybek Hamroqulov, Mirjahon Mirahmadov, Rasul Yo'ldoshev, Ulug'bek Xoshimov, Behruzbek Oblokulov, Akbar Xudoyberdiev, Bektemir Abdumannonov, Abdulahad Xoshimov.

Bugungi yangiliklar