Samarqandning “Dinamo” klubi fransiyalik futbolchi Mahamadu Dembele ni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Mahamadu Dembele — “Dinamo” futbolchisi. 2026 yilgi yangi futbol mavsumi oldidan “Dinamo” jamoasi safiga navbatdagi yangi o‘yinchi kelib qo‘shildi.
“Dinamo” PFK fransiyalik 26 yoshli markaziy himoyachi Mahamadu Dembele bilan rasmiy kelishuvga erishilganini maʼlum qiladi. Dembele va Samarqand klubi o‘rtasida bir yillik shartnoma imzolandi.
Mahamadu Dembele “PSJ” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, Parij klubi hamda Fransiya U-16, U-18, U-20, U-21 yoshlar jamoalari sharafini himoya qilgan. Shuningdek, o‘tgan yillar davomida Fransiyaning “Trua”, Belgiya ning “Siren Yunayted”, Albaniyaning “Tirana” klublari sharafini himoya qilgan.
Dembele “Dinamo” ga erkin agent sifatida o‘tdi. So‘nggi ikki mavsumda u klubi safida 45 o‘yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qilgan”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq “Dinamo”ning Dubay yig‘inidagi dastlabki o‘rtoqlik o‘yini Rossiyaning 10 karra chempioni “Zenit”ga qarshi bo‘lib o‘tishi maʼlum qilingandi.
Maʼlumotnoma: Mahamadu Dembele;
Tug‘ilgan joyi: Bretini-Sur-Orj, Fransiya;
Tug‘ilgan sanasi: 10 aprel, 1999 yil;
Fuqaroligi: Fransiya / Mali.