«Chelsi» mavsum yakunida Liam Delap bilan xayrlashishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, «Everton» 23 yoshli forvardni asosiy transfer nishonlaridan biriga aylantirgan. London klubi futbolchini 30 million funt (taxminan 34 million yevro) evaziga sotishga tayyor. Bu — Delap «Ipsvich Taun»dan sotib olingan summa bilan teng.
«Chelsi» ingliz hujumchiga sarflangan mablag‘ni qaytarib, yangi forvard olib kelishni rejalashtirmoqda.
Ushbu mavsumda Delap barcha musobaqalarda 24 bahsda maydonga tushib, 2 gol va 4 assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2031 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchini 35 million yevroga baholamoqda.