Live
3
O'zbek

"Chelsi" Delap o'rniga Bundesligadan hujumchi topdi

Futbol
9 mart, 00:30
Londonliklar rahbariyati Liamning o'yinidan qoniqmayapti.
"Chelsi" Delap o'rniga Bundesligadan hujumchi topdi
Foto: Getty Images

Londonning "Chelsi" klubi Kosovo milliy jamoasi vakili, 23 yoshli hujumchi Fisnik Aslani bilan shartnoma imzolashni istamoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Aslani "Chelsi"da Liam Delap o'rnini egallashi mumkin. "Ko'klar" rahbariyati Delapning o'yinidan qoniqmayapti. Futbolchi "Chelsi"ga "Ipsvich"dan ko'chib o'tgan va bu mavsum APLda 20 ta o'yinda ishtirok etib, atigi 1 bor gol urg'an.

Aslani hozirda "Xoffenhaym" safida o'ynamoqda. Ushbu Bundesliga mavsumida hujumchi 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta assist amalga oshirdi.

Avvalroq "Chelsi" Delapni 34 million yevroga sotishi mumkinligi ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Hoffenhaym Hoffenhaym
Bugungi yangiliklar