"Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov 1-davra yakunigacha qolgan 4 o'yin haqida fikrini bildirdi.
"Xorazm" bilan o'yin ancha qiyin o'tdi. Urganch jamoasi Hakim Fuzaylov misolida tajribali murabbiy va yaxshi shakllangan tarkibga ega. Raqibni tahlil qilgandik, ular avvalgi o'yinlarni so'nggi daqiqalarda boy bergandi. Qolaversa, "Xorazm" tarkibida o'tgan mavsumlarda "Dinamo"da o'ynagan futbolchilar talaygina edi. "Validol"li o'yin bo'ldi. Muxlislarga rahmat, biz bugun safarda emas, Samarqandda o'ynagandek bo'ldik.
1-davra yakunigacha qaysi o'yinimiz eng qiyini? Birinchi "Bunyodkor", keyin safarda "Qo'qon-1912", so'ng "Neftchi" va oxirida "Nasaf". Ya'ni, taqvim bo'yicha ketma-ketlikdagi barcha o'yin bir xil muhim ahamiyatga ega va eng qiyini. O'yindan o'yinga tayyorlanib boraveramiz", - dedi Vadim Abramov.

Ma'lumot uchun, Samarqand jamoasi Superligada 2-o'rinda bormoqda va peshqadam "Nasaf"ni ta'qib etishda davom etmoqda.