Germaniya chempionatida 10-tur bahslari yakuniga yetdi.
"Shtutgart" (21) o'z maydonida "Augsburg" (7, 15-o'rin) ustidan g'alaba qozonib, 4-o'ringa ko'tarildi.
Shuningdek, tur doirasida "Ayntraxt" (17, 7-o'rin) "Mayns"ni (5, 17-o'rin), "Frayburg" (13, 10-o'rin) esa "Sankt-Pauli"ni (7, 16-o'rin) bir to'p farqi bilan mag'lubiyatga uchratdi.
Bundesliga. 10-tur. 9 noyabr
Frayburg — Sankt-Pauli 2:1
Gollar: Suzuki (40), Eggeshstayn (50) — Oppie (69).
Shtutgart — Augsburg 3:2
Gollar: Mittelshtadt (18), Undav (39, 80) — Rieder (8), Massango (26).
Ayntraxt — Mayns 1:0
Gol: Doan (81).