Live
1
O'zbek

39 yoshli Ramos «Real»ga qaytishi mumkin

Futbol
30 noyabr, 09:05
«Monterrey» himoyachisi Serxio Ramos qishdayoq «Real»ga qaytishi ehtimoli mavjud.
39 yoshli Ramos «Real»ga qaytishi mumkin
Foto: Getty Images

Ispaniyaning Defensa Central nashri xabariga ko‘ra, «Monterrey» markaziy himoyachisi Serxio Ramos bu qishda Madridning «Real» klubiga qaytishi mumkin. 39 yoshli futbolchining Meksika klubi bilan shartnomasi yakunlanmoqda va u bir oy ichida erkin agent maqomini oladi. Bu esa uning transferini kompensatsiyasiz amalga oshirish imkonini beradi.

Madridliklar markaziy himoyada jarohatlar sabab yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish uchun tajribali futbolchi qidirmoqda. Shu bois Ramos nomzodi «Real»ning qishki kuchaytirish rejalarida dolzarb variant sifatida ko‘rilmoqda.

Serxio Ramos 2005–2021 yillar oralig‘ida «Real» safida 16 mavsum o‘ynab, klub tarixidagi eng muhim futbolchilardan biriga aylangan. U madridliklar formasida 671 ta o‘yinda maydonga tushib, 101 ta gol urdi va 40 ta golli uzatma berdi. Ramos «Real» bilan to‘rt marta Chempionlar ligasi va besh bor La Liga chempionligini qo‘lga kiritgan.

U joriy yilning fevralidan beri «Monterrey» sharafini himoya qilib kelmoqda. Meksika klubida u 30 ta o‘yinda qatnashib, 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Bugungi yangiliklar