Bugun
1
O'zbek

Valijon Rahimov «Xorazm»ga o'tishga yaqin

Futbol
17 iyul, 00:46
«Andijon»ni tark etgan Valijon Rahimov faoliyatini «Xorazm»da davom ettirishi mumkin.
Valijon Rahimov «Xorazm»ga o'tishga yaqin
Photo: Andijon FK

Hakim Fuzaylov jamoasi ikkinchi davraga Toshkentda tayyorgarlik ko'rmoqda. Yig'in orqali tarkibni kuchaytirish ishlariga ham kirishgan.

Rahimov birinchi davradan so'ng «Andijon»ni tark etdi. Unga «Xorazm» taklif bilan murojaat qilgan. Futbolchi bunga yakuniy javob qaytarganicha yo'q.

Shuningdek, unga Osiyo mamlakatlaridan ham takliflar bor.

Eslatib o'tamiz, Rahimov mavsum boshida «burgutlar» safiga kelib qo'shilgan. O'tgan vaqt mobaynida Superligada 6 ta, O'zbekiston kubogida 2 ta va Superkubok o'yinida maydonga tushdi.

Bugungi yangiliklar