Live
1
O'zbek

Superliga klublari 2027 va 2028 yilda davlat byudjetidan qancha mablag' olishi ma'lum bo'ldi

Eksklyuziv
25 mart, 15:38
Bu haqda Prezident qarorida ma'lum qilingan.
Superliga klublari 2027 va 2028 yilda davlat byudjetidan qancha mablag' olishi ma'lum bo'ldi
Photo - PFL

Superliga klublari 2027 va 2028 yilda ham davlat tomonidan moliyaviy qo'llab-quvvatlanadi. Bu haqda Prezident qarorida ma'lum qilingan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va sohani tadbirkorlik subyektlarini jalb qilishni kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorida qayd etilishicha, 2026 yilda Superliganing 16ta klubini moliyaviy qo'llab-quvvatlash uchun har bir jamoaga 35 milliard so'mdan mablag' ajratildi. 2027 yilda bu mablag' 30 milliard so'mni tashkil etsa, 2028 yilda 25 milliardga kamayadi. Bu orqali futbol klublarining 2030 yilgacha xususiylashtirish va homiylar orqali o'zini boshqarish tizimiga o'tkazish ko'zlangan.

Shuningdek, 2026 yildan boshlab Superliga klublariga homiylik qiladigan xususiy kompaniyalarga davlat tomonidan imtiyozlar beriladi.

Ma'lumot uchun, «O'zbekneftgaz» davlat kompaniyasi yil boshida «Bunyodkor», «Nasaf» va «Buxoro»ga homiylik qilishni to'xtatgan edi. Shundan so'ng «Nasaf» Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan, «Buxoro» esa Buxoro viloyati hokimligi tomonidan moliyaviy qo'llab-quvvatlab kelinayotgan edi. «Bunyodkor», «Dinamo», «Surxon» klublarida moliyaviy muammolar yuzaga kelgani xabar qilingan.

Bugungi yangiliklar