Bugun, 8 fevral yakshanba kuni Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya va Fransiyada futbol muxlislarini bir qator qiziqarli o‘yinlar kutib turibdi. Tribuna.uz muhim o‘yinlar anonsi bilan tanishtirib o‘tadi.
Liverpul – Manchester Siti
Yakshanba, 21:30
“Enfild”da Angliyaning so‘nggi yillardagi asosiy qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tadi. Eng kamida “shaharliklar”ning yanvar oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi Abduqodir Husonov uchun ham ko‘rish kerak bu bahsni. Bu safar uning raqibi so‘nggi o‘yinlarda juda yaxshi ko‘ringan Ekitike bo‘ladi: fransuz hujumchisi asosiy tarkibdagi oxirgi ikki o‘yinda 3+1 qayd etdi. Husonov yetakchiligidagi himoyachilar uni to‘xtata oladimi? To‘xtatish shart, aks holda “Arsenal” yana 6 ochkolik farq bilan oldinga chiqib oldi, navbatdagi qoqilish farqni kattalashtiradi. “Liverpul” hali top-5da emas, ammo o‘z o‘yinini topgandek: oxirgi ikki o‘yinda urilgan 10 ta gol bunga isbot bo‘ladi. Saloh avvalgi sport formasiga qaytayapti. Holand — hali yo‘q, ammo u har doimgidek syurpriz qilishi mumkin. Semenyo afsungarligi uchun ham ko‘rish bahsni mumkin. Umuman olganda, “Liverpul” — “Siti” allaqachon zamonaviy APL klassikasiga aylangan. Syujetlar ko‘p. Intrigalar ko‘p. Gollar ham yetarli bo‘lishiga umid bor.

Bavariya – Xoffenhaym
Yakshanba, 21:30
Chempionatda ketma-ket 5 g‘alaba qayd etgan jamoa kim deb o‘ylaysiz? “Xoffenhaym”! Ha, ishonish qiyin: odatda bunday natijani “Bavariya” haqida gapirardik. Ammo istisnolar ham bo‘ladi. Bu — juda yoqimlisi. Yaqinda autsayder bo‘lgan jamoa hozir top-3da. Nagelsman davridan beri ilk bor Chempionlar ligasiga chiqishi mumkin. Hattoki shaxsiy uchrashuvda “Bavariya”ni ham mag‘lub etishi ehtimoldan xoli emas. Myunxenliklar mavsumdagi eng yomon holatida: Bundesliganing oxirgi 2 turida atigi 1 ochko. Bu qachon bo‘lgan o‘zi oxirgi marta? Biroq jamoa hafta davomida dam oldi, Musiala esa nihoyat Bundesliga turida asosiy tarkibda tushishga tayyordek. “Xoffe” dunyoning eng kuchli hujumini to‘xtata oladimi? Javobni bugun olamiz.
Yuventus – Latsio
Yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi, 00:45
Italiya futbolini boshqa narsa uchun tomosha qilamiz. Shaxsan men so‘nggi paytda — murabbiylar dueli uchun. Bir murabbiy ikkinchisini hayratda qoldirish uchun nima o‘ylab topishini kuzatish har doim qiziq. Spallettining qarorlari ayniqsa bu mavsumda juda yoqimli: ham Devidni joyiga qo‘ydi, ham Makenni uchun yangi rol topdi. Sarri esa ancha yomon sharoitda ishlayapti, shuning uchun uni boshqa narsa uchun maqtash kerak: bu “Latsio”ni parchalanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun daholigini ko‘rsatadi! Yozgi transferlarsiz, ancha zaif tarkib bilan jamoani top-8da ushlab turibdi. Oxirgi 5 turda ikki jamoada jami 2 ta mag‘lubiyat, o‘tgan hafta — g‘alabalar va ikkovi birgalikda 7 ta gol. Ikkovisi ham yaxshi holatda. Ikki murabbiy ham safda. Ko‘ramiz, bu safar kim kimi yutadi. Va Sarriga muxlislik qilamiz — qariya g‘amgin holatda yana chekishga qaytmasin, yaqindagina tashlagandi.
PSJ – Marsel
Yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi, 00:45
Haftani eng prinsipial to‘qnashuvi – Fransiyada. Liga 1ning birinchi davrasida “PSJ” raqibiga 0:1 hisobida yutqazgan va shu bilan mag‘lubiyatsiz seriya umuman imkoniyatisiz bo‘lib qolgan edi. “Marsel” g‘alabani xuddi chempionlikni yutgandek nishonladi: Fransiyada mehmonlarga eng dushmanona bo‘lgan arenalardan birida parijliklarni naqadar yoqtirmasliklarini ko‘rsatishdi. Keyin jamoalar mamlakat Superkubogi doirasida yana to‘qnash keldi va “PSJ” revansh oldi. Qanday qilib! 90+5 da hisobni tenglashtirdi. “Marsel” o‘yinni 3:1 da yopishi shart bo‘lgan vaziyatdan keyin tezkor hujumda gol – 2:2 va penaltidan yutish orqali poytaxtliklar g‘alabasi. Demak, bu o‘yin — “Olimpik” uchun o‘sha muvaffaqiyatsizlik uchun qasos, “PSJ” uchun esa birinchi davradagi qoqilish uchun javob berish imkoniyati. Qasoskorlar o‘yini. Va bir oz — futbol ham.
Valensiya – Real
Yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi, 01:00
Darvoqe, Ispaniyada haftaning eng prinsipial to‘qnashuvi — aynan shu. Bir necha yil oldin Vinini ilk bor haqorat qilish aynan Valensiyada boshlangan — keyin bu “kasallik” butun Ispaniyaga tarqaldi. Jamoalarning ushbu maydondagi oxirgi o‘yinida penalti ham, qizil kartochka ham bo‘lgan. Aytgancha, klublar o‘rtasidagi ketma-ket 3 duelda ham darvozalarga penalti belgilangan. Qizil kartochka ham bitta emas… Qisqasi, ehtiroslarga boy “jang” bo‘ladi! Intriga ham bor: “Valensiya” ligadagi so‘nggi uy mag‘lubiyatini oktabrda qabul qilgan, shundan beri — 6 ta o‘yin mag‘lubiyatsiz. Hammada gol urgan. Faqat bittasidagina bittadan ko‘p gol o‘tkazib yuborgan. “Real” esa bu o‘yinga Vinisiz keladi: u diskvalifikatsiya qilingan. Xulosa qilib aytganda, rejada — sariqlar, qizillar va ehtimol sensatsiya. Agar tun yarmigacha uxlamaslik kerak bo‘lsa, faqat shunday to‘qnashuv bunga munosib bo‘ladi.
