"Navbahor" klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi.
"Lochinlar"ning U-21 klubi ustoz Sherzod Jo‘rayev asosiy jamoani boshqaradigan bo‘ldi.
Jo‘rayev futbolchilik faoliyatining katta qismini aynan "Navbahor"da o‘tkazgan. O‘tgan mavsumlarda esa Samvel Babayanga assistentlik qilgan. Uning boshqaruvidagi U-21 jamoasi yoshlar ligasida peshqadamlik qilayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Namangan klubi avvalroq Sergey Lushanni iste'foga chiqardi. Jamoa Superligada 22 o‘yinda ochko to‘plab, 7-o‘rinda bormoqda.