2025 yil 16 oktyabr sanasida Saudiya Arabistonining Ar Riyod shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan qit'a futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi tashkil etiladi, deb yozadi O'FA matbuot xizmati.
Tadbirda 2025 yildagi yirik musobaqalar, xususan, U-17 va U-20 Osiyo kubogi hamda qit'a miqyosidagi xalqaro turnirlarda o'z mahoratini namoyish etgan futbolchilar, murabbiylar va rasmiylar taqdirlanadi.
E'tiborli, turli yo'nalishlardagi nomzodlar orasida O'zbekiston U-17 milliy jamoasi yarim himoyachisi Sadriddin Hasanov ham bor. U «yilning eng yaxshi yosh futbolchisi» bo'lishga da'vogar.
Hasanovga bu yo'nalishda Aleks Badolato (Avstraliya) va Hamid Yusuf (Saudiya Arabistoni) raqobat qiladi.
Eslatib o'tamiz, Sadriddin shu yili Saudiya Arabistoni mezbonlik qilgan U-17 Osiyo kubogining eng yaxshi futbolchisi sifatida e'tirof etilgandi. U finalda mezbonlar darvozasini ishg'ol qilib, O'zbekistonga chempionlik keltirgandi.