"Lokomotiv" jamoasi iste'dodli va istiqbolli yarimhimoyachi Muhammadali Reimov bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi.
Muhammadali o‘tgan mavsum "Olimpik-Mobiuz" safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"O‘tgan mavsumlar davomida, nafaqat, "Olimpik-Mobiuz" jamoasida, balki, turli yoshdagi termalarda yetakchi futbolchiligi bilan ajralib turgan 19 yoshli markaziy yarimhimoyachi endi "Lokomotiv" safida faoliyat olib boradi.
Xush kelibsan, Muhammadali! "Lokomotiv" bilan birga yangi cho‘qqilar sari!", - deyiladi klub xabarida.