Proliga 9-tur uchrashuvlari yakunlandi.
“Lokomotiv” klubi Toshkent derbisida “Olimpik Mobiuz”ni so‘nggi daqiqalarda kiritilgan gol evaziga mag‘lub etdi.
Muhriddin Zoirov 90+1-daqiqada gol urib, “temiryo‘lchilar”ning g‘alabasini ta’minladi. Bu g‘alabadan so‘ng “Loko” ochkolari sonini 20 taga yetkazib, peshqadamligini mustahkamladi.
“Jayhun” esa safarda FarDU bilan murosa ko‘chasini tanladi, - 1:1. Fargonada ochkolarini 6 taga yetkazdi. Nukusliklar hisobidagi ochkolar soni 9 tani tashkil etmoqda.
Proliga. 9-tur
Olimpik Mobiuz – Lokomotiv 1:2
Gollar: Abdulloh Yo‘ldoshev, 10 (0:1), Daler Tuxsanov, 57 (1:1), Muhriddin Zoirov, 90+1 (1:2)
FarDU – Jayhun 1:1
Gollar: Ibodjon Abelfazov, 10 (0:1), Asadulla Qutiboyev, 77 pen (1:1)