Yaponiya milliy jamoasi o‘rtoqlik bahsida Venesuelani 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Venesuela 46-daqiqada Kevin Kelsining goli evaziga hisobni ochdi. Oradan uch daqiqa o‘tib, Ayase Ueda muvozanatni tikladi — 1:1.
Bahs yakuniga qadar hisob o‘zgarmadi. Biroq qo‘shib berilgan vaqtning 6-daqiqasida Ueda penaltini aniq amalga oshirib, Yaponiya terma jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Ma’lumot uchun, Yaponiya 1-oktabr kuni Ekvadorga qarshi, Venesuela esa 2-oktabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi.
O‘rtoqlik bahsi
Yaponiya — Venesuela 2:1
Gollar: Kelsi 46, Ueda 49, 90+6 (pen.).
Yaponiya: Kokubo, Suzuki, Nakano, Seko, Soma, Saito, Vatanabe, Sato, Kamada, Kumasaka, Goto.
Venesuela: Kontreras, Balbo, Aramburu, Makun, Osorio, Ferraresi, Libra, Errera, Daniel Pereyra, Kelsi, Kastilyo.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi