Live
4
O'zbek

«Metallurg» Navro‘zbek Iminjonov bilan shartnoma imzoladi

Futbol
27 fevral, 08:46
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
«Metallurg» Navro‘zbek Iminjonov bilan shartnoma imzoladi
Foto: Metallurg FC

Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan Bekobodning «Metallurg» tarkibni shakllantirish ishlarini ham unutmayapti.

Jumladan, hujum chizig‘iga Navro‘zbek Iminjonov taklif etildi. Namanganning «Navbahor» klubi tarkibidagi yorqin o‘yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan hujumchi yangi mavsum «Metallurg» safida to‘p tepadi.

O‘tgan mavsum «Navbahor» safida Superliganing 12 ta va O‘zbekiston Kubogining 1 ta o‘yinida maydonga tushib, hisobiga 1 ta assist yozdirib qo‘ydi.

«Navro‘zbek faoliyati davomida "Odil Ahmedov akademiya" ("Olimpiya"), "Navbahor-Farm" va "Navbahor" jamoalari sharafini himoya qilgan», – deyiladi xabarda.

Bugungi yangiliklar