"Dinamo" himoyachisi Manuchehr Safarov jamoani tark etadi.
Asia Sport xabariga ko‘ra, 24 yoshli tojikistonlik futbolchi o‘zaro kelishuv asosida Samarqand klubidagi faoliyatini yakunlaydi.
Futbolchi Vadim Abramov qo‘l ostida bu mavsumda hozirgacha 2 ta o‘yinda maydonga tushdi. Asosan zaxirada qolib ketdi.
Qayd etilishicha, u kelgusi faoliyatini yana Superligada davom ettirishi mumkin. "Xorazm" klubi Safarovni o‘z safiga qo‘shib olishi ehtimoli bor.
Avvalroq Vadim Abramov "Dinamo"ning taqvimi va eng qiyin raqiblari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tgandi.