Live
7
O'zbek

“Lokomotiv” Babayan va Kolosovskiyni isteʼfoga chiqardi

Futbol
26 iyun, 05:13
Jamoa Proligada 10 o‘yinda 2 marta mag‘lub bo‘ldi.
“Lokomotiv” Babayan va Kolosovskiyni isteʼfoga chiqardi
Foto: Lokomotiv PFC

Proligada o‘ynayotgan “Lokomotiv” so‘nggi turlardagi qoniqarsiz natijalardan so‘ng murabbiylar shtabi bilan xayrlashdi.

“Proligada ikkinchi davra bahslari o‘z nihoyasiga yetdi. “Lokomotiv” PFK rahbariyati dastlabki ikki davra bo‘yicha asosiy jamoamiz ishtirokini tahlil qilgan holda murabbiylar shtabi bilan o‘zaro hamkorlikni tugatishga qaror qildi.

Proliga doirasida 10 ta o‘yinda maydonga tushgan jamoamiz 6 bor g‘alaba qozonib, 2 tadan uchrashuvda mag‘lubiyat va durang qayd etdi. Toshkentda “Olimpik Mobiuz”, Nukusda “Aral”ga boy berilgan o‘yinlar hamda FarDU va “Jayhun” klublari bilan durang klubimiz rahbariyati tomonidan qoniqarsiz natija deb baholandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Kubogida guruhdan chiqa olmaganimiz ham o‘z taʼsirini ko‘rsatdi. Natijada bosh murabbiy Grigoriy Kolosovskiy, murabbiy Samvel Babayan, yordamchi murabbiy Denis Toymentsov hamda darvozabonlar murabbiyi Pavel Sinelnikov bilan shartnoma bekor qilindi.

Foto: Lokomotiv PFC

Murabbiylar shtabiga o‘zaro hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, ularning kelgusi faoliyatiga omad tilaymiz”, — deyiladi klub bayonotida.

“Temiryo‘lchilar” oxirgi o‘yinda “Aral”ga mag‘lub bo‘lishgandi.

Bugungi yangiliklar