Ispaniya chempionatining 35-turi doirasida "Vilyarreal" safarda "Malorka" bilan kuch sinashdi. Bellashuvda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdilar.
Dastlab Peres 31-daqiqada penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. 45+2-daqiqada esa Muriqi gol urib, muvozanatni tikladi.
Bu natijadan so'ng "Vilyarreal" 69 ochko bilan turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi. "Malorka" esa ochkolari sonini 39 taga yetkazib, 14-pog'onaga ko'tarilib oldi.
La Liga. 35-tur
Malorka — Vilyarreal 1:1
Gollar: Muriqi 45+2 — Peres 31 (pen).