Live
2
O'zbek

Katulondi Kati - "Navbahor" futbolchisi

Futbol
16 fevral, 18:28
26 yoshli futbolchi Marokash chempionatida to'p tepayotgandi.
Katulondi Kati - "Navbahor" futbolchisi
Фото: Навбаҳор ПФК

"Navbahor" klubi tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda.

Klub matbuot xizmati xabar berishicha, "lochinlar" kongolik forvard Katulondi Kati bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

26 yoshli futbolchi faoliyati davomida "Dofen Nuar" va "Motema Pembe" jamoalarida to'p tepgan. 2022 yildan beri Marokashning "Hassaniya" jamoada o'ynab kelayotgandi.

"Katulondi Katining yangi mavsumda "Navbahor" tarkibida yorqin o'yinlar namoyish etib, "lochinlar"ning zafarlariga o'zining munosib hissasini qo'shishiga tilakdoshmiz", — deyiladi klub xabarida.

Bugungi yangiliklar