Bugun
27
O'zbek

Kannavaro: «Argentina bilan muzokara o‘tkazganimiz rost. Milliy jamoa eshiklari hamma uchun ochiq»

Futbol
23 sentabr, 09:00
    19
Kannavaro va Shomurodov Eronga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Kannavaro: «Argentina bilan muzokara o‘tkazganimiz rost. Milliy jamoa eshiklari hamma uchun ochiq»
Фото: ЎФА

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro va sardori Eldor Shomurodov Eronga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Hammaga salom. Jahon chempionatidan keyin yaxshi shakllangan jamoaga qarshi o‘rtoqlik bahsida o‘ynaymiz. Shaxsan o‘zim O‘FAdan top jamoalardan biriga qarshi o‘ynashimiz kerakligini so‘radim. Eron haqida ortiqcha ta’rif berish shart emas. Osiyodagi eng yaxshi jamoa, tarkibda tajribali o‘yinchilar bor.

Eldor Shomurodov: - Biroz vaqtdan so‘ng milliy jamoa katta o‘zgarishlar bilan yig‘ildi. Maqsadimiz hech qachon o‘zgargani yo‘q. Har bir bahsda maydonga chiqib, g‘alaba qozonishimiz kerak. Farg‘onada oxirgi bor yoshlar jamoasi bilan Yangi Zelandiyaga qarshi o‘ynaganimizda ham stadionda ajoyib atmosfera yuzaga kelgandi. Bo‘lajak bahsda g‘alaba qozonish uchun harakat qilamiz.

- O‘zbekiston milliy jamoasi Osiyo kubogida muvaffaqiyatsiz ishtirok etadigan bo‘lsa, siz iste’foga chiqishingiz mumkinmi?

- Biz hozir ertaga bo‘ladigan bahs haqida gaplashyapmiz (kuladi).

- Argentina bilan o‘rtoqlik uchrashuvi nima sababdan bekor qilindi?

- Haqiqatdan ham Argentina milliy jamoasi bilan muzokara o‘tkazdik. Ammo o‘yinga uch hafta qolganda Argentina futbol federatsiyasi Messining xayrlashuvi sabab ushbu bahsda ishtirok etishdan bosh tortdi. Chunki ular bu bellashuvni Argentinada o‘tkazishni istadi. Natijada boshqa raqib topishga majbur bo‘ldik. To‘g‘ri, Suriya argentinaliklar kabi kuchli emas. Ammo Argentina kabi top jamoa topishga harakat qildik. Ammo buning imkonini topa olmadik. O‘ylaymanki, Suriya bilan ham yaxshi bahs bo‘ladi.

- Jahon chempionatida ishtirok etgan va ushbu yig‘inga jalb qilinmagan o‘yinchilar uchun milliy jamoa eshiklari yopildimi?

- Milliy jamoa eshiklari hamma uchun ochiq. Jahon chempionatidan keyin ayrim o‘yinchilar jarohat oldi. Ba’zilari jamoa topa olmadi, kimdadir pasayish kuzatildi. Lekin hammaning imkoniyatlarini yaxshi bilamiz. Bu yig‘inda boshqalarga imkoniyat berishga qaror qildik. Lekin milliy jamoa eshiklari hamma uchun ochiq.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

19 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar