Bu futbol tarixidagi eng yirik mundial bo‘lib, ilk bor turnirda 48 ta terma jamoa ishtirok etadi va muxlislarni bir oy davomida jami 104 ta uchrashuv kutmoqda.
Turnirning ochilish bahsida Meksika terma jamoasi Janubiy Afrika Respublikasiga qarshi maydonga tushadi.
Jahon chempionati davomida barcha uchrashuvlar iTV platformasida jonli efirda namoyish etiladi. Muxlislar o‘yinlarni smartfon, planshet, Smart TV, kompyuter va boshqa qurilmalar orqali tomosha qilishlari mumkin.
Turnir munosabati bilan iTV ilovasida maxsus SPORT. Ushbu bo‘limda Jahon chempionatiga oid barcha materiallar bir joyga jamlangan:
1. O‘yinlar jadvali
2. Turnir jadvallari
3. Guruhlar haqida ma'lumotlar
4. Natijalar va statistika
5. Sport yangiliklari
Bu esa muxlislarga chempionatdagi eng muhim voqealarni kuzatib borishni yanada qulaylashtiradi.
Jahon chempionati-2026ning ochilish o‘yini va turnirning barcha qolgan uchrashuvlarini iTV orqali tomosha qiling va futbol bayramini biz bilan birga kuzatib boring.