Afsanaviy futbolchi Jasur Hasanov murabbiylik faoliyatini boshladi.
41 yoshli mutaxassis Toshkent shahar futbol akademiyasi jamoasini boshqaradi. Klub yangi mavsumni Birinchi ligada boshlaydi.
Hasanov bu jamoa ustoziga aylandi. Shuningdek, akademiyada yosh futbolchilarga millionlar o'yinidan saboq beradi.
Eslatib o'tamiz, u futbolchiilik faoliyati davomida «Navbahor», «Nasaf», «Bunyodkor», «Lokomotiv», «Mash'al», «Qizilqum» va «Buxoro» jamoalarida to'p tepgan. O'zbekiston milliy jamoasida ko'plab bahslarda maydonga tushgan.