Bugun
8
O'zbek

«Hakamlik? Eron o'zi qachon rozi bo'lgan? Asosiy narsa – g'alaba!» – Kapadze final, Shomurodov va Fayzullayevning o'yini hamda darvozabonlar haqida

Futbol
8 sentabr, 15:53
Temur Kapadze hakamlik haqida fikrini bildirdi.
Usman Ibodov
Usmon Ibodov Editor
«Hakamlik? Eron o'zi qachon rozi bo'lgan? Asosiy narsa – g'alaba!» – Kapadze final, Shomurodov va Fayzullayevning o'yini hamda darvozabonlar haqida
Foto - O'FA

CAFA-2025 finali doirasidagi O'zbekiston – Eron (1:0) uchrashuvidan keyin dastlab milliy jamoamiz bosh murabbiyi Temur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Hammaga tabriklar! Oson o'yin bo'lmadi. Imkoniyatlar bo'ldi, ammo gol darvozaga ha deganda kirmadi. Kurashlarga boy qiyin o'yin bo'ldi. Xudoga shukur yutdik, rahmat barchaga.

Hakamlik? Eron o'zi qachon rozi bo'lgan? Bu ularga xos narsa. Epizodlarni ko'rmadim, VAR aralashdi. Asosiy narsa – g'alaba qozondik. Qolgani esa tarix.

Eldor Shomurodov? Bu turnirga jiddiy qaradik. Eldor tajribali futbolchi, yosh emas. U kerakli paytlarda jamoani oldinga olib chiqa oladi.

Ikkinchi bo'lim boshida yomon o'ynadik. Keraksiz xatolar qildik. Ko'rsatma berdim, ekstra taymlarda ishonchli harakat qildik.

Eldorni ham, Sergeevni ham yaxshi qo'riqlashdi. Abbos, balki gavda jihatdan kichikligi uchun e'tibor berishmagandir.

Ikkinchi bo'limda ham imkoniyatlarimiz bo'ldi. Ammo gol urolmagach, futbolchilar ham asabiylasha boshlashdi.

Vladimir Nazarov tayyormi? Darvozabonlar murabbiyi bilan ham gaplashamiz. Unga ham imkoniyat berdik, milliy jamoa havosini olsa yaxshi. Hammaga imkon berdik va ularning potensialini ko'rdik. Turnirda o'yinchilarni sinab oldik.

O'tkir Yusupovning jarohati? Uni MRT qilgandan so'ng bilamiz. Og'riq bor. Darvozabonlar kam jarohat oladi. Shifokorlar ko'rishadi. U tez orada safga qaytishiga umid qilaman», — deya Kapadzening so'zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Bugungi yangiliklar